Salomatlik
Sog’lom uyqu
Qoriningiz kattaligiga va homiladorlik paytida uchraydigan noqulayliklarga qaramay, to’yib uxlash uchun nima qilish kerak? Quyida shu xaqida gapirib o’tamiz.
Homiladorlik paytida sog'lom uyqu kelajakdagi onaning farovonligi uchun muhimdir. Ammo, ko'pincha homilador ayollarning uyqu tartibi bir qator sabablarga ko'ra buziladi, masalan, tez-tez xojatga chiqish zarurati, homilaning brogan sari ko’proq seziladigan harakatlari, gormonal o'zgarishlar va ko'plab ayollar duch keladigan bel og'rig'i.
Quyida homiladorlik paytida yetarli darajada uxlash bo'yicha ba'zi ko'rsatmalarni keltirib o’tamiz.
Tananing to'g'ri holatini toping
Olimlar va mutaxassislar homilador ayollarga yon tomonida (eng yaxshisi chap tomonida) tizzalarini sal bukib yotishlarini tavsiya qiladi.
Ushbu holat tanadagi shishishni va suyuqlikni ushlanib qolishini kamaytiradi, hamda homilaning ichki organlar va qon tomirlarga bosimini oldini olishga yordam beradi.
Maxsus yostiqdan foydalaning
Homiladorlar uchun maxsus ishlab chiqilgan yostiqdan foydalanish, o'sayotgan qorningizga qaramay yetarli darajada uxlashga yordam beradi.
Homiladorlar uchun yostiqlar ayol tanasini qo'llab-quvvatlash orqali bel og'rig'ini kamaytiradi. Bundan tashqari, ushbu yostiqlar uyqu paytida yonboshlab yotishingiz uchun qulaylik yaratib beradi va shu orqali uyqu sifati yaxshilanadi.
Bunday yostiqlar tizza va to'piqlarni bel suyagi bilan bir xil balandlikda ushlab turadi va shu bilan quymuch nervida mavjud bo'lgan og'riqni va yallig'lanishini oldini oladi.
Modulli yostiq yordamida siz tanangizning qulayliki uchun talab etiladigan, qorin o'sishi bilan o'zgaradigan turli xil ehtiyojlarini qondira olasiz, va homiladorlik paytida yaxshi uxlashingiz uchun eng qulay holatni topa olasiz.
Bu ma’lumot tanishish uchun va shifokor maslahati o‘rnini bosmaydi. Ahvol og‘ir bo‘lsa, tez yordam chaqiring: 103.
Homiladorlik va ayriliq: o‘zingizni ayblamasdan qanday qo‘llab-quvvatlash mumkinHomiladorlikning istalgan davrida
«Hamma o‘g‘il kutgandi»: siz aybdor emassiz, qadringiz kamaymaydiHomiladorlikning istalgan davrida
Pul, telefon va shifokorga borishingizni nazorat qilishsaHomiladorlikning istalgan davrida