Homiladorlik davri
Salomatlik

Homilador ayollarda peshobni tuta olmaslik

Bolani va uning tug'ilish paytini kutish har bir ayol uchun muhim va ajoyib vaqt. Ammo, afsuski, homiladorlikning ikkinchi va uchinchi trimestrida, shuningdek, tug'ruqdan keyin ko'pchilik peshobni tuta olmaslikka duch kelishyapti. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, homilador ayollarning 65% bundan aziyat chekmoqda.
Peshob tuta olmaslik nima?

Peshobni tuta olmaslik - bu peshobning beixtiyor chiqib ketishi. Bu yo'talayotganda yoki baland ovoz bilan kulganda yoki hojatxonaga vaqtida yetib bora olmaganda yoki hatto uxlab yotganida sodir bo’ladigan holat.
O'z-o'zidan bu holat sog'liq uchun juda zararli emas, ammo hayot sifatiga juda salbiy ta'sir qiladi.

Nima uchun bu sodir bo'lmoqda:
• Gormonal fon o'zgaradi (progesteron darajasi ko'tariladi) va shu tufayli tos suyagi mushaklari zaiflashadi, bachadon kattalashadi va u peshob pufagiga bosadi,
• Homiladorlikning oxirgi oylarida esa, bola peshob pufagiga tepganda
Agar men peshob tuta olmaydigan bo’lib qolgan bo’lsan, nima qilishim kerak?
Eng muhimi, bu holatdan uyalmaslikdir. Ammo agar bunga e’tibor bermasangiz, bu hayot sifatini sezilarli darajada yomonlashtirishi mumkin bo'lgan yoqimsiz patologiya. Peshob tuta olmaslikning dastlabki alomatlari namoyon bo’lganda, quyidagilar zarur:
1. Shifokorga murojaat qiling. U kerakli analizlarni topshirtiradi, peshob tutmaslik sababini aniqlaydi va bu bilan kurashishda sizga yordam beradi. Biroq, ko'pincha homiladorlik paytida peshob tutmaslik uchun maxsus davolanish talab qilmaydi.
2. Diagnostika davom etayotgan davrda, peshob tuta olmasangiz ham, o’zingizni noqulay sezmang, va odatdagiday yashang. Bu juda qiyin emas, ayniqsa, muammolarni hal qilish uchun zamonaviy vositalar mavjudligini hisobga olsak. Dorixonada kerakli gigiena vositalarini tanlash va bir nechta yangi odatlarni rivojlantirish kifoya:
• Kuniga kamida 6-7 stakan suv iching! Ajablanarlisi shundaki, suyuqlikni iste'mol qilishni cheklash peshob tuta olmaslik ehtimolini kamaytirmaydi. Aksincha, konsentratsiyalangan peshob - suyuqlik yetishmovchiligi sharoitida peshob yo'llarini ko'proq bezovta qiladi, peshob pufagining tez-tez bo'shashishini keltirib chiqaradi va peshob tizimiga infektsiyani olib kelishi mumkin.
• Qahva ichmaslikka harakat qiling. Ushbu ichimlik kuchli diuretik ta'sirga ega va peshob pufagining shilliq qavatini bezovta qilishi mumkin Achchiq ovqatlar, ziravorlar va kislotali taomlardan (shu jumladan tsitrus mevalar va pomidorlardan) o’zingizni cheklang. Ular ham peshob yo'llarini bezovta qilishi mumkin
• Yotishdan oldin hojatxonaga ikki marta boring: yotishdan bir soat oldin va yotishdan oldin. Tos suyagi mushaklarini kuchaytirish uchun mashq bajaring (Kegel mashqlari)
• Peshob tuta olmaslikdan oddiy prokladkalar yordam bermaydi. Ular shuncha suyuqlikni yutish uchun mo'ljallanmagan va hidlarga qarshi kurashishda unchalik yaxshi emas. Peshob chiqarmaslik uchun maxsus prokladkalardan foydalanish tavsiya etiladi.

Va eng muhim qoida, peshob tuta olmasligingiz hayotingizdagi eng ajoyib vaqtni buzishiga yo'l qo'ymang! Afsuski, bu odatiy va juda yoqimsiz holat, ammo oqilona yondashuv va zamonaviy himoya vositalari, har kuni o'zingizni ishonchli his qilishga imkon beradi.

Bu ma’lumot tanishish uchun va shifokor maslahati o‘rnini bosmaydi. Ahvol og‘ir bo‘lsa, tez yordam chaqiring: 103.

Shu mavzuda

Homiladorlik haftama-hafta