Tug‘ruq
Tug'ilish og'rig'ini kamaytirishning 7 usuli
Tug'ruq paytida qanday qilib to'g'ri nafas olish kerak va fitbol sizga qanday yordam beradi? Quyida og'riq bilan qanday kurashish mumkinligini aytib o'tamiz.
1. Qo'rquv va stressni unuting
Tug’ruq payti kayfiyat juda muhimdir. Shuning uchun, biz ushbu kunga imkon qadar ko'proq tayyorgarlik ko'rishni, ko'proq ma'lumot olishni va ushbu kunni tasavvur qilishni maslaxat beramiz. Tug’ruq paytidadigi og'rig'ining 50% - qo'rquv va stressdir. Kortizol va adrenalin tug'ruq paytida eng muhim gormon bo'lgan oksitotsin ishlab chiqarilishini bloklaydi. Agar kelajakdagi ona qo'rqib yursa, dard tutishi susayishi va tez-tez tutmay qolishi mumkin - bunday holatlar tug'ruqxonalarda ko’plab uchraydi.
2. Suv
Dam olish - og'riq hislarni yengillashtiradi. Suv sizni isitadi, oyoqlardagi va umurtqadadi og’irlikni qoldiradi. Muntazam dard tutishi boshlaganidan so'ng, uyda iliq hammomda cho'milishingiz mumkin. Ushbu holatda, dard tutishi orasidagi interval 5-10 daqiqa bo'lguncha kutib turing va keyin kasalxonaga boring.
3. Dard tutishi paytida harakat qiling
Tug'ruq paytida har bir ayolning o’zining og'riq yo'qotuvchi pozalari bor: turgan, o'tirgan, to'rt oyoqda turgan holatda, va ba'zan hatto yotgan holatda. Asosiysi, siz harakatlanish va qulay pozani egallash imkoniyatiga ega bo’lishingiz kerak. Tug’ruqda ikki kishi qatnashadi: ona va bola. Fiziologik nuqtai nazardan, siz bolaning harakatlarini sezasiz va tanangiz sizga ham bolangizga ham qulay bo’lishi uchun qanday pozani tanlashingizni aytadi.
4. Juftingiz bilan tu’ging
Tug’ruq payti juftingiz yoningizda bo’lishi – bu yaxshi. Birinchidan, qo'llab-quvvatlaydigan, maqtaydigan, shifokorni chaqirib beradigan, suv olib keladigan va xotirjamlik va xavfsizlik hissi beradigan yaqin kishiningiz bo’ladi. Va ikkinchidan, juftingiz og'riqni massaj bilan yengillashtirishi mumkin. Dard tushishi paytida tosni massaj qilish juda yordam beradi.
5. To'g'ri nafas olishni mashq qiling
Asosiy qoida: nafasingizni tiymang. Nafas olishingiz xotirjam va diqqatli bo'lishi kerak. Tug'ilishdan oldin muntazam ravishda mashq qiling, shunda tug’riq paytida to’g’ri nafas olish bo’yicha bilimingiz bo’ladi. Bitta usul - burun orqali chuqur nafas olish va og'iz orqali nafas chiqaring, va nafas chiqarishingiz, nafas olishingizdan ikki marta sekin bo’lsin.
6. Qo'shiq aytish, gumburlash va boshqa tovushlar chiqarish
Dard tutishi paytida bu juda samarali usul. Nafasingizni "Uh", "aaa", "ooo" tovushlari bilan chiqaring yoki shunchaki qo'shiq ayting. Bu sizning jag'ingizni va umuman yuzingizni bo'shatadi. Bu esa tos suyagi sohasini bo'shatishga ham yordam beradi. Bundan tashqari, monoton tovushlarni chiqarib, siz meditatsion holatga tushasiz!
7. Fitboldan foydalaning
Kuchanish davrda siz fitbolda o'tirishingiz mumkin. U dard tutish paytida ko'plab ayollarga yordam beradi. Fitbolda tos suyagini harakatlantirish juda qulay va bu og’riqlaringizni qoldirishga yordam beradi. Eng qulay pozitsiyalardan biri: yerga tiz cho'kib, ko'kragingiz va qo'llaringiz bilan fitbolga suyaning.
Bu ma’lumot tanishish uchun va shifokor maslahati o‘rnini bosmaydi. Ahvol og‘ir bo‘lsa, tez yordam chaqiring: 103.
Tug‘ruqdan juda qo‘rqsangiz: oldindan yordam olish mumkinHomiladorlikning istalgan davrida
Tug‘ruq bo‘yicha istaklaringiz: siz uchun muhim narsalar haqida oldindan gaplashingIkkinchi va uchinchi trimestrlar
Bugungi kunda kesarcha kesish