Ovqatlanish
Homiladorlik paytida ovqatlanish: nimadan qochish kerak?
Homiladorlik davrida go'zallik va sog'liq hamnafas bo’ladi, ammo endilikda siz nafaqat o'zingiz uchun, balki chaqaloq uchun ham javobgarsiz. Homiladorlik - kasallik emas, shundan kelib chiqadiki, sizni dietangizda hech qanday super cheklovlar kutmaydi.
Biz, o'z tanangizga befarq bo'lmagan barcha odamlar singari, zararli ovqatlar va “oziq-ovqat chiqindilaridan” voz kechishingizni chin dildan tavsiya qilamiz. Fastfud, chips, krekerlar, yarim-tayyor ovqatlar, do'kondan sotib olingan shirinliklar, yog'li souslari, mayonezni iloji boricha ratsioningizdan yo’q qiling.
Yog'li qo’y go'shti, parranda go'shti, dudlangan go'sht, sho'rlangan baliq, yarim tayyor go'sht mahsulotlari va kolbasalar, tez tayyorlanadigan taomlar va konservalar kabi mahsulotlarni iloji boricha kam iste’mol qiling, undan yaxshisi butunlay cheklang.
Bundan tashqari, konservantlar, bo'yoqli, ta’m kuchaytirgichlari bor mahsulotlardan voz kechish kerak - ya'ni supermarketning deyarli barcha "chiroyli" ko’rinishdagi mahsulotlardan. Homilador ayollar uchun termik ishlov berilmagan ovqatlar xavfli: yarim pishgan qonli go’sht, sushi, sashimi, "sigir ostidan" sut, mog'orlangan pishloq patogen bakteriyalar va parazitlar (salmonellyoz, toksoplazmoz va boshqalar) manbai bo'lishi mumkin. Ushbu davrda hech qanday "ekzotik" ovqatlar yemasilkka harakat qiling - tanangiz ratsiondagi yangi narsaga qanday munosabatda bo'lishini oldindan bila olmaysiz.
Kofein va tarkibida kofein bor ichimliklardan ehtiyot bo'ling. Kuchli kofe yoki choy - kuniga bir piyoladan ko'p emas, gazli suvlar esa dietangizga umuman kirmasligi kerak. Ularni o’rniga 1:1 nisbatda suv bilan suyultirilgan yangi siqilgan sharbatlar, shakarsiz kompotlar, mevali ichimliklar va, albatta, suv iching.
Spirtli ichimliklar ichishni tavsiya etmaymiz: bizning fikrimizcha, "xavfsiz" dozalar mavjud emas va bo'lishi mumkin emas, chunki tanangiz ularni parchalaydigan qancha ferment ishlab chiqarishini bilmaysiz. Agar u fermentlar yetarli bo'lmasa, spirtli ichimliklar uzoq vaqt davomida qonda aylanib, bolaga zarar yetkazadi.
Birinchi trimestrda ratsionning kaloriya miqdori avvalgidek qolishi kerak, va siz ovqatni miqdorni ham, sifatni ham kuzatib borishingiz kerak. KOYU muvozanati (kaloriyalar, oqsillar, yog'lar va uglevodlarning nisbati) juda muhimdir. Ikkinchi trimestrdan iste'mol qilinadigan kaloriya qiymatini ko'paytirish kerak, kuniga taxminan 340 kkal, keyinchalik uchinchi trimestrda esa 450 kkalgacha o'sishi kerak. Agar homilador ayolning dietasi muvozanatda bo'lsa, unga qo'shimcha "vitaminizatsiya" kerak emas. Dozalarning muntazam ravishda ko'payib ketishi gipervitaminozni olib kelishi mumkin, bu esa ona uchun ham, bola uchun ham xavflidir.
Va shuni esda tuting: har bir homilador ayolning trimestrga va tanasining holatiga qarab ehtiyojlari bo’ladi. Barcha maslahatlarni sizning shifokoringiz berishi kerak.
Bu ma’lumot tanishish uchun va shifokor maslahati o‘rnini bosmaydi. Ahvol og‘ir bo‘lsa, tez yordam chaqiring: 103.
Temir va kamqonlik: qachon faqat foydali ovqatning o‘zi yetmaydiHomiladorlikning istalgan davrida
Homiladorlik diabeti: nega o‘zingizni ayblamasligingiz kerakTekshiruvni oldindan muhokama qiling; ayniqsa ikkinchi va uchinchi trimestrlarda muhim
Toksikoz: 9 ta muhim fakt va tavsiyalar