Salomatlik
Koronavirus va homiladorlik: bo‘lajak onalar uchun qanday xavf mavjud?
Ko‘plab mamlakatlarda homilador ayollar koronavirusni yuqtirib olishi ehtimolini kamaytirish uchun qat'iy ravishda o‘z-o‘zini yakkalash rejimi tavsiya etilmoqda. Virusning ona qornidagi bola rivojlanishiga ta'siri haqida nimalar ma'lum?
Covid-19 homilador ayollarga yuqsa, qanday oqibatlarga olib keladi?
Tibbiyot sohasi vakillari virusning homila rivojlanishiga qanday ta'sir ko‘rsatishi haqida hali ham yetarli ma'lumotlarga ega emas. Ammo, virusni yuqtirib olgan homilador ayollarda uning kechishi boshqalar bilan solishtirganda nisbatan og‘irroq alomatlar bilan kuzatilmaydi.
Aksariyat singari, virusni yuqtirgan homilador ayollar ham quyidagi belgilarga duch kelishi mumkin: yuqori harorat, yo‘tal, isitma, nafas qisilishi, bosh og‘rig‘i va hid sezish qobiliyati yo‘qolishi.
Homilador ayollarda og‘ir alomatlar kuzatilishi juda kam uchramoqda. Yurak xastaliklari, astma, diabet, buyrak yoki jigar kasalligidan aziyat chekuvchilar — alohida xavf guruhida, ularga uyda qolish va iloji boricha ijtimoiy aloqalardan qochish tavsiya etiladi.
Homilador ayollar uchun ba'zi viruslar o‘ta xavflidir, ammo Covid-19 ushbu toifaga tegishli ekani haqida hech qanday ma'lumot yo‘q.
Olimlar hali ham ma'lumot to‘plashmoqda va tadqiqotda ishtirok etishga rozi bo‘lgan homilador ayollar yordamida ushbu muammoni o‘rganishmoqda.
Muddatidan avvalgi tug‘ruq xavfi qay darajada?
So‘nggi paytlarda, virus keltirib chiqargan kasallikning og‘ir shaklini boshidan kechirgan va farzandini erta dunyoga keltirgan ayollar haqida xabarlar uchrab turibdi. Biroq, muddatidan avvalgi tug‘ruqning aniq sabablari hali ma'lum emas.
Homiladorlik paytida o‘sayotgan homila ayolning o‘pka va yuragiga bosim o‘tkaza boshlaydi, bu qon aylanishini qiyinlashtiradi. Agar homilador ona Covid-19 bilan jiddiy zararlansa, bu uning ahvolini yomonlashtirishi va nafas olishni qiyinlashtirishi mumkin. Bunday hollarda shifokorlar bemor ayolni juda ehtiyotkorlik bilan nazorat qilishadi, va zaruriyat tu’gilsa, onaning axvolini yaxshilash uchun homilani tu’gilishini sun’iy tezlashtirishlari mumkin. Bundan tashqari, isitmani keltirib chiqaradigan jiddiy kasalliklar ba'zida erta to‘lg‘oq va tug‘ish bilan bog‘liq bo’lishi ham mumkin.
Kasallik homila tashlash xavfi oshishiga olib kelishi haqida biror dalil yo‘q.
Virus onadan homilaga yuqishi mumkinmi?
Ha, mumkin. Onasidan koronavirus yuqtirib olgan chaqaloqlar haqida bir necha xabarlar mavjud, ammo ularning hammasi tuzalib kasalxonadan chiqarilgan. Xitoyda o‘tkazilgan tadqiqotda Covid-19 yuqtirib 33 nafar homilador ayoldan uch nafarida shunday holatlar aniqlandi.
Bolaning infeksiyalanishi aynan qayerda (bachadonda, tug‘ruq paytida yoki tug‘ilgandan keyingi dastlabki daqiqalarda) yuz berganini aniqlash juda qiyin.
Britaniya Qirollik akusherlik va ginekologlar kolleji virusning bola rivojlanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi haqida hech qanday dalil yo‘qligini ma'lum qildi.
Homilador ayol o‘zida koronavirus borligiga shubha qilsa, qanday yo‘l tutishi kerak?
Agar sizda grippga o‘xshash alomatlar, ya’ni yuqorida ko’rsatilgandek yuqori harorat, yo‘tal, isitma, nafas qisilishi, bosh og‘rig‘i va hid sezish qobiliyati yo‘qolishi bo‘lsa, uydan chiqmang va mahalliy shifokoringiz bilan aloqaga chiqing, yoki Covid-19 boy’icha call-markazning qisqa 1003 raqamiga qo’ng’iroq qiling. O’zingizni – o’zingiz davolashga umuman urunmang! Agar homiladorligingizni kuzatib boruvchi ginekolog bilan davriy, rejalashtirilgan uchrashuvingiz bo‘lsa, unga alomatlaringiz haqida xabar qiling va tashrifni keyinroqqa qoldiring.
Covid-19 tashxisi tasdiqlangan taqdirda — bemor kasalxonaga yotqiziladi va shifokorlar kasallikning kechishiga qarab davolash muolajasini olib borishadi.
Ammo havotirga o’rin yo’q, Covid-19 kasalligi bo‘lgan homilador ayollarning aksariyati yengil alomatlarga duch kelishadi va bir necha kun ichida sog‘ayishadi.
Manba: kun.uz
Bu ma’lumot tanishish uchun va shifokor maslahati o‘rnini bosmaydi. Ahvol og‘ir bo‘lsa, tez yordam chaqiring: 103.
Homiladorlik va ayriliq: o‘zingizni ayblamasdan qanday qo‘llab-quvvatlash mumkinHomiladorlikning istalgan davrida
«Hamma o‘g‘il kutgandi»: siz aybdor emassiz, qadringiz kamaymaydiHomiladorlikning istalgan davrida
Pul, telefon va shifokorga borishingizni nazorat qilishsaHomiladorlikning istalgan davrida