Homiladorlik
«Bilimdon ona» viktorinasi: o‘ynab o‘rganing, mukofot oling
Dugona, homiladorlik, tug‘ruq va chaqaloq parvarishi haqida qanchalik yaxshi bilasiz? Ilovamizda yangi o‘yin bor — «Bilimdon ona» viktorinasi. Bu yerda zerikarli darslar yo‘q: savolga javob berasiz va nega aynan shu javob to‘g‘riligini shu zahotiyoq bilib olasiz.
Savollar nima haqida
- xavf belgilari: qachon kutib o‘tirmasdan shifokorga borish yoki 103 ga qo‘ng‘iroq qilish kerakligi;
- favqulodda raqamlar va xavfsizlik;
- ovqatlanish, ko‘riklar, tahlillar va emlashlar;
- tug‘ruqqa tayyorgarlik, emizish va tug‘ruqdan keyin tiklanish;
- chaqaloq parvarishi, bola tarbiyasi va ruhiy salomatlik.
Qanday o‘ynaladi
- Har bir o‘yinda 20 ta savol bo‘lib, ularning har birida 4 tadan javob varianti bor.
- Har bir to‘g‘ri javob uchun 5 ball beriladi, eng yuqori natija — 100 ball.
- Har bir javobdan so‘ng qisqa izoh chiqadi. O‘yin oxirida xatolaringizni yana bir bor ko‘rib olasiz.
- Yangi o‘yinni har 3 kunda bir marta boshlash mumkin.
- O‘yin boshlangach, oxirigacha ilovadan chiqmang — aks holda bu urinish boy berilgan hisoblanadi.
Mukofotlar
- 80 va undan ko‘p ball — «Bilimdon ona» mukofoti.
- 100 ball — «Zukko ona» mukofoti.
Mukofotlar profilingizda saqlanib qoladi.
Avval tayyorlanib oling
«Tayyorgarlik» bo‘limida savollar to‘g‘ri javoblari bilan birga kartochkalar ko‘rinishida berilgan. Ularni xohlagancha o‘qib chiqishingiz mumkin — bu o‘yin natijasiga ta’sir qilmaydi.
Qayerdan topish mumkin
«Ilovalar» bo‘limi → «O‘yinlar» → «Bilimdon ona». O‘ynash uchun akkauntingizga kiring.
Agar o‘yin ko‘rinmasa, ilovani Play Market yoki App Store orqali yangilab oling.
Viktorina shifokor maslahatining o‘rnini bosa olmaydi. Biror narsa sizni xavotirga solsa, albatta shifokoringizga murojaat qiling.
Bu ma’lumot tanishish uchun va shifokor maslahati o‘rnini bosmaydi. Ahvol og‘ir bo‘lsa, tez yordam chaqiring: 103.